Zilziladan keyingi radiatsiyaviy xavfli vaziyatlarni modellashtirish
Namangan davlat universiteti, doktorant
- Konferensiya / to'plam
- «Bino, inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishning ilmiy va innovatsion yechimlari» mavzusidagi xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjuman (Farg‘ona davlat texnika universiteti)
- Nashr ma'lumotlari
- 2026, 21-22 oktabr, Farg‘ona. 2-tom. B. 575-579
- Yil
- 2026
Annotatsiya
Mazkur maqolada zilziladan keyin radiatsiyaviy xavf yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bino va inshootlardagi favqulodda vaziyatlarni modellashtirish orqali talabalarning kritik fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Seysmik xavfsizlik, radiatsiyaviy xavfni baholash va raqamli ta’lim texnologiyalarini o‘zaro integratsiyalash imkoniyatlariga e’tibor qaratiladi. RSVT (Radiation Safety Virtual Training) platformasining “Radiatsiya simulyatsiyalari” bo‘limidan foydalanishga asoslangan metodik yondashuv taklif etiladi. Unda radioaktiv yemirilish, Geyger hisoblagichi va gamma nurlarining susayishi simulyatsiyalari orqali fizik jarayonlarni tahlil qilish, xavf omillarini aniqlash va dalillarga asoslangan qaror qabul qilish faoliyati tashkil etiladi.